Namanganda Jiguli kanalga tushib ketdi

Haydovchi avtomashinadan oʻzi chiqib olgan.

Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumani, “Ibrat” MFY hududida 6-aprel kuni soat 12:08 da 1983-yilda tugʻilgan I.Gʻ. boshqaruvida boʻlgan Jiguli Katta Namangan kanaliga tushib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi sabab boʻlgan.

Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika yordamida avtomashina suvdan chiqarildi. Haydovchi avtomashinadan oʻzi chiqib olgan.

Hodisa oqibatida halok boʻlganlar va tan-jarohati olganlar yoʻq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling