Toshkent shahrining Yunusobod tumani, TXAY koʻchasida 8-fevral kuni soat 07:15 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1983-yilda tugʻilgan haydovchi A.S. boshqaruvidagi BYD hamda 1992-yilda tugʻilgan haydovchi S.A. boshqaruvida boʻlgan YUTONG avtobusi oʻzaro toʻqnashgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohat olganlar yoʻq.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.