Samarqanddagi “zapravka”da chaqnash sodir bo‘ldi

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, chaqnash natijasida 2 nafar fuqaro vafot etgan.

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qo‘shtepa” MFYda joylashgan AYOQSH hovlisida 7-may kuni soat taxminan 15:06 larda chaqnash sodir bo‘ldi.

Maʼlum qilinishicha, hovlida joylashgan 2 dona hajmi 10 m3 bo‘lgan yoqilg‘i saqlovchi sig‘imlariga (solyarka) “ZIL”ga yoqilg‘i quyish vaqtida yong‘in sodir bo‘lgan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, chaqnash natijasida 2 nafar fuqaro vafot etgan.

1 nafar fuqaro tan jarohati bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling