Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Samarqandda qariyb 13 gektar yerni 600 ming dollarga motqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Fuqaro L.E.ning murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi  organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro B.X. fuqaro L.E.ga Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan hokimlik zahirasidagi sobiq harbiy qism bino inshootlari joylashgan 12,7 gektar yer maydonini 600 ming dollarga uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan.

U oldindan avans sifatida 40 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling