Kelgusi hafta avvalida havo harorati keskin pasayadi

Ba‘zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.

O‘zbekistonning shimoliy hududlariga 3-noyabr kuni, respublikaning barcha hududlariga 4-6-noyabr kunlari sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. 3-5-noyabrda ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

4-6-noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi. 

Ba‘zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling