Samarqanddagi ko‘chaga Rim shahri nomi berildi

Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalarning hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda qabul qilinganini taʼkidladi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko‘chaga Rim shahri nomini berishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O‘zbekiston va Italiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini taʼkidladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling