Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi

Bunga Shayxontohur tumanidagi qurilish-montaj ishlari sabab bo‘ladi.

Toshkent shahar, KHAYning Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi avtomashinalar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga Shayxontohur tumanidagi qurilish-montaj ishlari sabab bo‘ladi.

Cheklov 25-iyul 15:00 dan 28-iyul 06:00 gacha amal qiladi. 

Ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling