Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida noqonuniy diniy ta‘lim berib, hujra tashkil etgan shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro I.V. o‘z yashash xonadonida Kitob, Chiroqchi va Toshkent shahridan bo‘lgan 9 nafar voyaga yetmagan bolalarni noqonuniy ravishda yig‘ib, har biri uchun 100 dollar olgan holda “Qur‘oni Karim” va “Muallimi soniy” kitoblari asosida hujra sharoitida diniy saboq berib kelgan.
Mazkur noqonuniy faoliyat yuzasidan I.V.ga nisbatan MJtKning 241-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tumani sudiga yuborildi.