Qashqadaryo viloyatida fermer xo‘jaligi 421,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Kitob tumanida “B. S.” fermer xo‘jaligiga qarashli elektr qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulagan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 421,8 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.