Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova oilasida 4 nafar egizak qizlar tug‘ildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Oilaning bunga qadar 5 nafar qizi bor edi. Endi ushbu oilada qizlar 9 nafarga yetdi.
Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga keldi.
Chaqaloqlarning o‘lchamlari:
birinchi qizaloq vazni 1400 gr, bo‘yi 37 sm;
ikkinchi qizaloq vazni 1450 gr, bo‘yi 38 sm;
uchinchi egizakning vazni 1600 gr, bo‘yi 40 sm;
to‘rtinchisining vazni 1400 gr, bo‘yi 37 sm.
Ayni paytda qizaloqlar filialda xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda.