Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida “Ayritom” mahallasida 2024-yilning dekabr oyida 30 dan ortiq qoratol daraxtlari noqonuniy kesilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura izoh berdi.
Aniqlanishicha, Ko‘kdala tumani “Sho‘rquduq” mahallasi hududidagi yer maydonida fuqaro N.Oqmirzayev tomonidan yakka qator qilib ekilgan 103 tup “Ko‘ktol” daraxtlari noqonuniy ravishda butunlay kesilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovni tashkillashtirish uchun tuman IIBga yuborildi.
Holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.