Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida 16-iyul kuni soat 14:40 da aholiga gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yoqilg‘i saqlash rezervuarida chaqnash va undan so‘ng yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 259-moddalari (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan qo‘zg‘atilgan.
Tegishli soha mutaxassislari ishtirokida yong‘in ko‘lami va yetkazilgan zararlarning miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yong‘in kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha sud-kimyoviy, biologiya, kriminalistika va yong‘in texnikaviy ekspertizalari tayinlandi.