Foto: bookatour.me
Bir guruh rus va xitoylik paleoantropologlar Oʻzbekistondagi Teshiktosh gʻorida bosh suyagi topilgan neandertal bolasi qiyofasini namoyish etdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu birinchi bor 3D-restavratsiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagini kompyuterda tiklanishidir.
Taxminan 300-40 000-yil oldin yashagan 8-9 yoshli neandertalga tegishli boʻlgan bosh suyagi 1938-yilda topilgan. Bu suyak Osiyoda topilgan birinchi neandertal qoldigʻidir.
Foto: Sinxua
“Bosh suyagi Osiyolik neandertal deb ataladigan yagona bosh suyagidir. Uning kashfiyoti neandertallarning sharqqa qarab harakat qilayotganini isbotladi”, — deyiladi xabarda.
Mutaxassislarning fikricha, yangi rekonstruksiya nafaqat Yevroosiyo mintaqasidagi tarixdan oldingi odamlarning tashqi qiyofasini aniq koʻrsatibgina qolmay, balki Markaziy Osiyodagi neandertallarning morfologik xususiyatlarini hamda ularning atrof-muhitga moslashuvini yanada oʻrganish va namoyish qilish uchun yangi gʻoyalarni ham beradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling