Toshkentda uyida konserva tayyorlash oqibatida 2,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

Holatga tegishli barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

Toshkent shahrining Bektemir tumani, “Oltintopgan” MFYdagi xonadonlarning birida gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro gaz taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma imzolamasdan, tijorat maqsadida konserva mahsulotlarini tayyorlash uchun gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelgan. 

Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzildi va isteʼmolchi tabiiy gaz tarmog‘idan uzildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2 mlrd 731 mln so‘mlik zarar keltirilgan.

Holatga tegishli barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling