Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 6 nafar fuqaro qirg‘izistonlik narkosavdogardan 2 kg “gashish” moddasini 15 ming dollarga sotib olishga kelishadi.

Ular shu maqsadda 1950 dollarni boshlang‘ich badal sifatida unga yetkazib beradi.

Qirg‘iziston fuqarosi giyohvandlik vositasini o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib, Xonobod shahridagi xufiya joyda qoldiradi.

Qo‘rg‘ontepalik shaxslardan biri esa giyohvandlik vositasini olib, o‘zining avtomashinasida Xonobod-Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruhning qolgan 5 nafar aʼzosi ham protsessual tartibda qo‘lga olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu “gashish” giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 1 kg 954 grammni tashkil qildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling