Hakamlik sudi sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi DXX.
Sudya o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Andijonda istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborishga kelishadi. U buning evaziga 15 ming dollar talab qiladi.
Sudya mazkur ishni tezroq bitirib berish uchun oldindan 4,1 ming dollarni “avans” tariqasida oladi.
Ammo, bergan vaʼdasini ustidan chiqa olmagach, muqaddam olgan pul mablag‘idan bir qismini qaytarib bergan vaqtida ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.