Qashqadaryo viloyatining Koson tumani, “Paxtazor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M. R. tijorat maqsadida gaz hisoblagichsiz tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz taʼminoti korxonasiga 751 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.