Koson tumanida qurilish ishlari olib borilayotgan koʻp qavatli binoda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi, deb xabar berdi “Oʻzenergoinspeksiya”.
Maʼlum qilinishicha, “A. M-S.” MCHJga qarashli qurilish ishlari olib borilayotgan koʻp qavatli turar-joy binosida oʻzboshimchalik bilan elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 298 million soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.