Qashqadaryodagi xususiy bog‘chada 2,5 yoshli bola vafot etdi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 2,5 yoshli bola xususiy bog‘chada vafot etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Xususiy bog‘cha rahbari qizaloqning yaqinlariga u mashinada dimiqib vafot etganini aytgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhuma qizning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling