Namangan viloyatida qalbaki AQSH dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishicha, Kosonsoy tumanida fuqaro F.T. fuqaro A.X.ga qalbaki 20 ming dollarni haqiqiy 14 ming dollarga sotishga kelishib, oldindan 100 dollarlik kupyuradagi qalbaki 8 ming dollarni bergan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.