Krasnodarda qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

B.E. 2020-yil fevral oyida Krasnodar o‘lkasiga ishlash maqsadida kelgan va turli mavsumiy ishlarda mehnat qilgan.

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida qiyin ahvolda qolgan fuqaro B.E. vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, B.E. 2020-yil fevral oyida Krasnodar o‘lkasiga ishlash maqsadida kelgan va turli mavsumiy ishlarda mehnat qilgan.

Biroq, ko‘p o‘tmay koronavirus pandemiyasi oqibatida ishsiz va mablag‘larsiz qiyin ahvolga tushib qolgan. Shuningdek, u mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida barcha hujjatlarini yo‘qotgan.

B.E. o‘z murojaatida hujjatlarini rasmiylashtirish va O‘zbekistonga qaytarishda amaliy ko‘mak so‘ragan.

Bosh konsulxona tomonidan unga Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi va Migratsiya agentligining Krasnodar o‘lkasidagi vakolatxonasi ko‘magida aviachipta xarid qilib berildi. Fuqaro kuni kecha O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling