O‘zbekiston hududi bo‘yicha bugun va ertaga asosan kam bulutli va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, havo harorati 31-34 daraja, kechasi va ertalab 13-18 daraja bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi va kunduz kunlari havo 35-37 darajagacha isiydi. Hududning katta qismida ushbu kunlarda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
Faqat respublikaning shimolida havo bulutlilik kuchayishi kuilmoqda, amma bu hududda ham quruq ob-havo saqlanib turadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 2-sentabrda ba‘zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kunduzi 2–3-sentabrda 31-33 daraja, 4–5-sentabrda 35-37 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari 16-18 darajadan 20-22 darajagacha ko‘tariladi.