Farg‘ona shahar, Qirguli mavzesida joylashgan AGTKSHda Labo‘da gaz ballon portlab ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 18-sentyabr kuni soat 12:00 larda sodir bo‘lgan.
1986-y.t. haydovchi Q.X. avtomashinasidagi propan uchun mo‘ljallangan ballonga metan quyib yuborgan. Natijada gaz balloni portlab ketgan.
Hodisa oqibatida avtomashina texnik shikastlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.