Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Qamchiqda sodir bo‘lgan ikkita YTH oqibatida jami uch kishi vafot etdi (foto)

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qamchiq dovonida 28-avgust kuni soat 04:40 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati YHXB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Lacetti boshqarib ketayotgan haydovchi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan yuk mashinasiga urilgan.  

Oqibatida Lacetti yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati bilan vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan. 

Shuningdek, soat 08:39 larda ham Cobalt haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda, yo‘lning o‘ng tomonida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasining orqa qismiga va yo‘lning o‘ng tomonida harakatlanib ketayotgan yana bir yuk mashinasiga borib urilgan.

Hodisa oqibatida avtomashinada bo‘lgan ikki yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan vafot etgan.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling