Xorazm va Toshkent viloyatlarida fuqarolarni Latviyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Hozirda mazkur ikki qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1991-y.t. shaxs xorijda ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga maslahat va viza olish bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ tashkil qilgan

U ijtimoiy tarmoqlar orqali Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kiradi.

Ularga Latviyaga ishlash uchun borishlarida kerak bo‘ladigan vizani olib berish evaziga 10 ming dollar talab qiladi.

Urganchda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi.

Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi, 1997-y.t. shaxs Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 1991 va 1992-y.t. 3 nafar fuqaroga elchixonada ishlovchi tanishlari orqali Latviyaga borib ishlash imkonini beruvchi ishchi viza rasmiylashtirib berish evaziga 8250 dollar talab qiladi.

Angrenda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘idan 2100 dollarni oldindan olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur ikki qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling