Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Lixtenshteyndagi elchisi etib tayinlandi

Elchi ushbu mamlakat Valiahd shahzodasi Aloizga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Lixtenshteyn Knyazligidagi birinchi elchisi (qarorgohi Berlin shahrida joylashgan) etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Elchi ushbu mamlakat Valiahd shahzodasi Aloizga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Lixtenshteyn Valiahd shahzodasi tarixda ilk bor mazkur mamlakatda O‘zbekiston elchisining tayinlanganini alohida eʼtirof etdi.

Lixtenshteyn va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar 2024-yil mart oyida o‘rnatilgan.

Uchrashuv yakunida shahzoda Aloiz O‘zbekiston prezidentiga ezgu-tilaklari va samimiy salomlarini yo‘lladi hamda mamlakat xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

Dilshod Axatov 2023-yilning oktyabr oyida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi sifatida ushbu mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Bugungi kunga qadar Dilshod Axatov O‘zbekistonning Shveysariya va Chexiyadagi o‘rindoshlik asosida elchisi ham hisoblanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling