Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Bo‘stonliqda lochinlarga shafqatsiz munosabat qilgan shaxs tabiatga qariyb 5 mlrd zarar yetkazgani aniqlandi

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida navbatdagi tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Reyd davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxs “Oqtosh” qo‘riqlov punktida davlat chegarasini buzib o‘tgan holda harakatlanayotganida to‘xtatib qolindi. 

Uning yonidagi sumka belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida 8 bosh tirik lochin qushlari topildi.

Reyd davomida huquqbuzar atrofdagilarga sezdirmaslik uchun qushlarning ko‘z va oyoqlarini bog‘lab, qanotlarini skotchlagani hamda tor hajmdagi sumkaga zichlab joylaganligi ma‘lum bo‘ldi. 

Ushbu lochin qushlari Qizil kitobga kiritilganligi va huquqbuzarlik natijasida hayvonot dunyosiga 4 mlrd 944 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling