Ijtimoiy tarmoqlarda Buxorodagi xususiy lor klinikasida 11 yoshli bolaga "proba"siz ukol qilingani, oqibatda bola vafot etgani haqida xabar tarqalgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabariga koʻra, Buxoro shahridagi xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan 11 yoshli bola vafot etganligi holati yuzasidan tekshirish oʻtkazildi.
Ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlarni tekshirish hamda bir qator tergov harakatlari oʻtkazish lozimligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Barcha zarur tergov harakatlari oʻtkazilganidan soʻng ish boʻyicha qonuniy toʻxtamga kelinadi.