Toshkent shahar, Lutfiy ko‘chasining Farxod ko‘chasidan Shirin ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi orqali harakatlanayotgan avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartiriladi. Bu haqda poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Bunga ushbu ko‘chalarda qurilish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi. Bir tomonlama harakat:
- 2, 9t, 13, 17t, 56, 113-sonli yo‘nalishlar — Farxod, Katta Xirmontepa, Shirin ko‘chalari orqali.
O‘zgarish bilan davom etadigan yo‘nalishlar:
- 41, 70, 127, 150-sonli yo‘nalishlar — Kichik halqa yo‘li, Farxod, M. Shayxzoda, Shirin ko‘chalari orqali keyingi harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davom ettiradi.
Rekonstruksiya ishlari davomida ko‘chalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga ko‘ra, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
Avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq bo‘lishi mumkin.