Toshkentda madaniy meros obyekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi

Muzey muhim madaniy meros obyekti va Toshkent modernizmining diqqatga molik namunasi hisoblanadi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 28-uy manzilida olib borilayotgan qurilish ishlarini to‘xtatdi. Bu haqda Madaniyat va san‘atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.

Da‘vo arizasi jamg‘arma tashabbusi bilan Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston amaliy san‘at muzeyiga tahdid solayotgan qonunbuzarliklar sababli kiritildi.

Muzey muhim madaniy meros obyekti va Toshkent modernizmining diqqatga molik namunasi hisoblanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling