Madaniyat va sanʼat sohasidagi iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi

"Madaniyat volontyorlari" ijtimoiy harakati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Hukumatning “Ijodkor yoshlarni ko‘llab-kuvvatlash va rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

  • Qarorga ko‘ra, madaniyat va sanʼat sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:
  • ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda "ERP madaniyat" yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi;
  • madaniyat sohasida sunʼiy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha "Ijodiy texnolaboratoriya" tashkil etiladi;
  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim tashkilotlarida "Ijodkor yoshlar klubi" faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • "Madaniyat volontyorlari" ijtimoiy harakati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli sanʼatkorlari o‘quv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.

Madaniyat va sanʼat yo‘nalishidagi “Start-Up” loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratish choralari ko‘riladi.

2026-yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling