Toshkentda Mahtumquli ko‘chasining bir qismi qariyb bir oyga yopildi

1-noyabrda ishlar yakunlangach, yo‘l harakati to‘liq tiklanadi.

Mahtumquli ko‘chasining ko‘prik osti qismida 5-oktyabrdan 1-noyabrgacha avtomobil yo‘lining harakatlanishi qisman cheklanadi. Bu haqda Yashnobod tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, bunga KHAYning Mahtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi ko‘prik osti qismida yo‘l infratuzilmasini yangilash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

1-noyabrda ishlar yakunlangach, yo‘l harakati to‘liq tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling