Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Avvalroq klub tomonidan fevral oyining eng yaxshi futbolchisi nomi uchun so‘rovnoma o‘tkazilgandi. Unda Abduqodir Husanov so‘rovnomada Erling Holand va Yoshko Gvardiol bilan kurashdi.
Yakunda Abduqodir Husanov jamoaning fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Avvalroq, Eldor Shomurodov ham “Roma” safida ham fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.