Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Toshkent shahar Olmazor tumani, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida 1-iyun kuni soat 11:31 da Man yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 11:35 da yetib borib, yong‘in soat 11:39 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling