Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi

Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

U “Alpomish”, “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi”, “Jononga bordim bir kecha”, “Alisher Navoiy”, “Parvona”, “Nurxon”, “Ajab savdolar”, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Oʻz arizasiga koʻra”, “Makr va muhabbat”, “Momo yer”, “Oq kema”, “Kelin va kuyov”, “Amir Temur va Yildirim Boyazid”, “Alpomishning qaytishi” kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling