Toshkentning Yangi Oʻzbekiston koʻchasi vaqtincha yopiladi

Bunga xalqaro marafon va yugurish musobaqasi oʻtkazilishi sabab bo'ladi

Toshkent shahrida 13-aprel kuni VII Toshkent xalqaro marafoni va Inson uchun hayriya yugurish musobaqasi oʻtkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan 13-aprel kuni tungi soat 00:00 dan kunduzgi soat 16:00 ga qadar Yangi Oʻzbekiston koʻchasida hamda unga tutash koʻchalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling