Fargʻona viloyatining Margʻilon shahar, “Sholdirama” MFY, “Alisher Navoiy” koʻchasida joylashgan AGTKSHda 15-aprel kuni soat 12:20 da Matizga oʻrnatilgan propan gaz balloni portladi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, propagan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirilayotgan boʻlgan.
Portlash natijasida yongʻin yuz bermagan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq.