Andijonda 1,5 gektar yerni 55 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgang shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Andijonda fuqaro M.I.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro M.Yu. Marhamat tumani “Ershi” mahallasi Y.Oxunboboyev massivida joylashgan 1,5 gektar bog‘dorchilik ekin yerni kelgusida o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ekin yer toifasidan noturar yer toifasiga o‘zgartirib, 55 ming dollar evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishga kelishgan. 

U oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling