Surxondaryoda 112 mln soʻmga marixuana sotayotgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish maqsadida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur tumanda yashovchi fuqaro E.N. va M.A.lar ikki dona qora rangli polietilen paketga solingan oʻziga xos oʻtkir hidli, yashil rangdagi moddalarni shartli xaridorga 112 million soʻmga sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Ushbu moddalar ekspertizadan oʻtkazilganda sof vazni 850 gramm boʻlgan “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi maʼlum boʻldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling