Toshkentning beshta ko‘chasida avtomobillar uchun belgilangan tezlikni o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimovga tayanib Gazeta xabar berdi.
«Toshkent shahrining Bunyodkor, Sebzor, Ahmad Donish hamda Toshkent halqa yo‘li va Yangi O‘zbekiston ko‘chalarida transport vositalari uchun cheklangan yuqori tezlik 80 kilometrga o‘zgartirish taklifini beryapmiz», — degan Elmurod Alimov.
12 ta ko‘chada (aniq qaysilari ekani aytilmagan) bir tomonlama harakatlanishni joriy etish taklif qilinmoqda. YHXB vakilining so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashabbus o‘rganishlar natijalari, shuningdek, mahalliy va xorijiy tajriba tahlili asosida tirbandlik va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini taʼminlash va yo‘l harakati qatnashchilariga qulaylik yaratish maqsadida ilgari surilmoqda.
2023-yil aprel oyida shaharlarda ruxsat etilgan tezlik chegarasi 70 dan 60 km/soatga tushirilgandi.