Farg‘onada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Yana 3 kishi shifoxonaga yuborilgan.

Farg‘ona viloyati FVBga 16-iyun kuni soat 22:16 da Yozyavon tumani "Soy bo‘yi" MFY hududida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borib, qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etishgan.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, "Soy bo‘yi" MFYda joylashgan noturar qarovsiz binoning 60 kv. metr maydoni va 3 ta avtomobil (Labo, Hyundai, Mercedes-benz) yonib zararlangan. 

Birlamchi ma‘lumotga ko‘ra, mazkur yong‘in oqibatida 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Yana 3 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling