Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi o‘tkaziladi

Maslahat uchrashuvi yakunlariga ko‘ra ko‘p tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Toshkentda 15-16-noyabr kunlari Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sammitda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, shuningdek, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yana-da mustahkamlash, shuningdek, ustuvor sohalarda qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan. Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Maslahat uchrashuvi yakunlariga ko‘ra ko‘p tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling