Prezident qarori bilan Maxmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
U mazkur tayinlovga qadar adliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Maxmud Istamov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
O‘tgan davrda, Prezident devoni, Markaziy saylov komissiyasi, Qonunchilik palatasida masʼul lavozimllarda hamda Buxoro viloyati prokurori bo‘lib faoliyat yuritgan.