Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Samarqandda 3 kishini AQSHga yuborish uchun 96 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Meksika orqali noqonuniy ravishda Amerikaga yuborish holati aniqlandi, deb xabar berdi DXX.

Samarqandda faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari Samarqand shahri va Urgut tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroni Meksika davlati AQSHga yuborish evaziga har biridan 32 ming dollardan, jami 96 ming dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda sayyohlik firma rahbari oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling