O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegarada yuz bergan qurolli to‘qnashuv munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston TIV barcha tomonlarni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqirmoqda.
O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi ma‘lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Tailand va Kambodjada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar mavjud emas. Tailand poytaxti va turizm markazlarida vaziyat barqaror bo‘lib, xorijiy sayyohlar uchun xavf-xatar mavjud emas.
Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga safar qilmaslik va rasmiy xabarlarni kuzatib borish so‘ralmoqda.
Favqulodda vaziyatlarda Bangkokdagi Bosh konsulxonaga (+66-2) 675-3995 yoki (+66-2) 675-3996 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.