Buxoro shahar, “Zarafshon” MFYda joylashgan 2 qavatli oshxonaning 2-qavatida 19-avgust kuni soat 00:45 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 00:49 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 00:53 da o‘rab olingan va soat 01:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida taxminan 100 kv metr maydonda tom qismi zararlangan.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaatlar kelib tushmagan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.