Toshkentning uchta tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Mavjud elektr qurilmalarida ta‘mirlash ishlarini olib borish maqsadida Mirobod, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

  • Mirobod tumani: “At-Termiziy”, “Yuksalish” hamda “Ziyonur” MFlarining ayrim hududlarida soat 09:30 dan 17:00 gacha;
  • Chilonzor tumani: «2-Charx Kamolon» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Uchtepa tumani: “Farhod” MFYning ayrim hududlarida soat 09:30 dan 17:00 gacha.

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

Yangiliklar