Ichki ishlar organlari tizimida qonunbuzilish holati aniqlandi, deb xabar berdi DXX.
Maʼlum qilinishicha, poytaxt IIBB Mirobod tumani IIO faoliyatini muvoffiqlashtirish boshqarmasining bo‘linma boshlig‘i, podpolkovnik harbiy unvonida bo‘lgan U.S. Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni vaʼda qilib, muqaddam ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming dollar oladi.
Ammo, u bergan vaʼdasining uddasidan chiqa olmagach, ushbu mablag‘ning bir qismini qaytarayotgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.