Qashqadaryo, Navoiy va Toshkentda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Mirobod tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan R.D. fuqaro Z.Q.ga jami 5 000 AQSH dollarini 64,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Qarshi shaharida E.U. fuqaro N.H.ga jami 3 500 AQSH dollarini 45,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonidan 300 AQSH dollari, 250 yevro, 135,1 ming Rossiya rubli va 57 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Navoiy shahri “Yangihayot” MFY hududida R.J. fuqaro B.N.ga jami 3 500 AQSH dollarini 45,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling