Toshkentning yana bir tumanida uchta mashina oʻzaro toʻqnashdi

Hodisa oqibatida tan-jarohat olganlar yoʻq.

Toshkent shahrining Mirobod tumani, Amir Temur-Buxoro koʻchalari kesishmasida 27-mart kuni  soat 11:05 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Malibu-2, BYD va Tracker-2 avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.

Hodisa oqibatida tan-jarohat olganlar yoʻq.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling